RAUF PARFINING OILAVIY
HAYOTI
Muallif: Abdulhamid Pardayev

Sen jafoga ustasan,
Ammo men ortiq mohir,
Sevaman va istasam,
Tark etmakka ham qodir.
Men – muhabbat, men – sitam.

Rauf PARFI

Rauf Parfi rasman to‘rt marta uylangan.
Shoirning birinchi turmushidan qizi Muqaddas Abdurahmonova yozadi:
“Onamning aytishlaricha, Sakina buvim yagona farzandini Sho‘ralisoyda olib qolish uchun ulardan avval Muhabbat ismli jiyanlariga rasmiy uylantiradilar, ammo otam u ayol bilan bir kun ham yashamaydilar. 1967-yilda onam − Muhabbat opaga uylanadilar.1968-yilda akam Shuhrat (asli ismi Abdullajon), 1970-yilda men dunyoga kelamiz. Afsuski, ikki qarama-qarshi qutb vakillari bo‘lgan ijodkor va iqtisodchi turmushda murosa qila olmasdan 1975-yilda ajrashib ketishdi…

“Hayhot, xiyonatning etimi bo‘lib
Yig‘lab qoldi ikki qora ko‘z…”

Onasi birinchi marta uylantirganda, Rauf aka hatto chimildiqqa ham kirmagan. Yangi kelinchakni tashlab, Toshkentga ketgan. Men umrim mobaynida bag‘ri qaynoq chimildiqqa kirmagan ikkita kuyov bilaman: biri – Rauf Parfi, ikkinchisi – Nabijon Boqiy. Asov yoshlik hirsini yengib, bag‘riga oxanraboday chorlayotgan chimildiqqa kirmaslik uchun odamning irodasi metindlan bo‘lishi kerak. Ularning ikkisi ham ana shunday metin irodali Shaxslar edi.
Rauf Parfining to‘ng‘ich o‘g‘li Abdullajon (Shuhrat) Parpiyev singlisi Muqaddasning fikrlarini tasdiqlaydi: “Onam Parpiyeva Muhabbat 1949 yil 31 dekabr, men Parpiyev Abdullajon (Shuhrat) 1968 yil 7 noyabrda tug‘ilganman, singlim Parpiyeva Muqaddas 1970 yil 7 avgustda tug‘ilgan, Ota-onamning to‘ylari 1967 yilda Yangiyo‘lda bo‘lgan”.
Muqaddas Abdurahmonova:
“Dilorom opa aytadilar: “Rauf Parfi yaxshi umr yo‘ldosh bo‘lmagandir, yaxshi ota bo‘lmagandir, lekin u millatning Odami edi…”Moddiyat tushunchasi hech qachon qiziqtirmadi, o‘zlarining iboralari bilan aytganda, “kichik vatan” uchun emas, “katta vatan” uchun, she’riyat uchun, xalq, millat uchun yashadi”.
Shamning shu’lasi to‘sh urib, hatto uning alangasi yonish parvona uchun baxt. Inson, ayniqsa tug‘ma iste’dodli shoir o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yadi va o‘sha maqsadlarga yetishish yo‘lida qator qurbonliklar beradi. Yanglishmasam, Pushkinda “shonu shuhrat toji qurbonlik talab qiladi” ma’nosidagi satr bor.
Qolaversa, uylanmasdan butun kuchu quvvatni badiiy ijodga baxsh etish xususan turkiyzabon shoirlar uchun Navoiy hazratlaridan muqaddas meros. Ayni paytda Navoiy hazratlarn o‘z asarlarini farzandga qiyoslaydi:

So‘zungki yaxshi ko‘rarsen o‘zing,
Ko‘runmas yomon, chun erur o‘z so‘zing.

Qoshingda sening garchi ko‘p vazni bor,
Chu bor o‘z so‘zing, yo‘q anga e’tibor,

Ki so‘z zodai tab’u farzand erur,
Chu farzand erur, jonga payvand erur…

Binobarin, Rauf Parfi ham she’rlariga, she’riy kitoblariga farzand kabi munosabatda bo‘lgani shubhasiz. Ayni paytda oilasiga, farzandlariga bemehrlikda Rauf Parfini ayblash nohaqlik bo‘lardi.
Muqaddas Abdurahmonova xotiralaridan:
“Menda otam bilan bog‘liq Sho‘ralisoy xotiralari bo‘lgani holda, keyinchalik singillarimdan eshitib bilganim, otam ularni ko‘tarib yurganlari, maktabga chiqqanlarida ota-onalar majlislariga borishlari, kitoblarni oldilariga qo‘yib: “Bugun mana bu betdan mana bu betgacha o‘qib qo‘yishing kerak”, degan talablari, men “Lenin-Lenin”, deb yurgan bir paytda ular Cho‘lpon, Fitrat she’rlarini yodlaganliklari…. va shularning menda bo‘lmagani alamli. Buvimnikiga bormay qolgan paytlarimda otam buvimnikiga kitoblar tashlab ketardilar, kitobga lotinchada “Qizim Muqaddasga”, deb yozilgan bo‘lardi”.
Birinchi turmushidan ajralganidan qat’iy nazar Rauf Parfi farzandlarini tashlab qo‘ymagan. Xususan, Muqaddasning oliy o‘quv yuritga kirishida yordam bergan. Bu borada yordamlashishni shogirdi Muhammad Yusufdan iltimos qilgan. Qolaversa, Muqaddas ilmiy ishini yoqlashi arafasida u bilan birga tegishli muassasaga birga borgan. Kursdoshi va do‘sti filologiya fanlari doktori professor Noʻmonjon Rahimjonovdan Muqaddasga ilmiy ishini yoqlashda yordam ko‘rsatishni iltimos qilgani ehtimoldan holi emas.
Muqaddas Abdurahmonova xotiralaridan:
“Otam ilmiy ishimning himoyasigacha bo‘lgan jarayonlarda ham elkadosh bo‘ldilar. Tadqiqotim mavzusi turk tili bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun tarjimalarda maslahatchi edilar. Shu bahonada do‘stlari, tilshunos olim Baxtiyor Isabek bilan tanishganman. Ularning uyiga ko‘p borganmiz. Uchrashuv dasturxonida, albatta, millat, xalq, ijod, adabiyot to‘g‘risida gap ketardi-yu, bir otamga, bir olimga qarab qizg‘in suhbatlaridan bahramand bo‘lib qaytardim. Himoyaga chiqishimga ikki haftalarcha qolganida otamning oldilariga bordim, himoya o‘sha paytlarda Akademiklar shaharchasidagi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida bo‘lar edi. Himoya kuni belgilanganligini aytdim. Ular: “Yur himoya qiladigan joyingni ko‘rib kelamiz”,− dedilar-u institut tomon yo‘lga chiqdik. Sovuq va yomg‘irli kun edi, bo‘ynilarida qizil-oq rangli sharflari, oz-oz yo‘talib ham turgandilar. Otam bilan avtobusda uylaridan institutgacha yonma-yon o‘tirib suhbatlashib ketdik. Institutga borgach, darvoqe, adamning qo‘llarida daftar bor edi (qo‘lyozma), uni do‘stlari adabiyotshunos olim N.Rahimjonovga berib keldilar”.
Rauf aka umrining oxirida Sulhida bilan yashadi. So‘ngi boshpanasi, ilgari yotoqxona bo‘lgan binodagi ikki xonali uyni ular bilan birga baham ko‘rdi.
Muqaddas Abdurahmonova xotiralaridan:
“Otam Dilorom Ishoqova bilan ham ajrashib ketganlaridan so‘ng Sulhida opa bilan turmush qurishdi, ular Yangiobodda zavod orqasidagi to‘rt qavatli yotoqxonaga o‘xshash bir binoning 3-qavatida turishardi. Aslida otamga Do‘rmondan uy berilgan bo‘lib, qaysidir bir boshqa ijodkor o‘g‘lini uylantirishi kerak bo‘lganu, otam Do‘rmondan berilgan uyni unga berganlar va o‘zlari umumiy yotoqxonaga o‘xshash uyga ko‘chib o‘tgandilar. Eslayman, qorong‘u va tor yo‘lakdan kirib boraman, o‘ng tomondagi eshikni taqillataman. Eshik ortidan otamning“Kim bu, yaxshi odam” degan ovozi keladi. Men go‘yo otam men, qizlari, kelganimdan g‘oyat xursand bo‘lganlaridan shunday desalar kerak, deb o‘ylardim. Keyin bilsam, eshik qoqib kelgan barchaga “Yaxshi odam keldi“, deyilar ekan. Uylariga kiraman, kichkinagina oshxona. Gaz, shkaf joylashgan.Muzlatgich o‘rniga ham uning vazifasini o‘tovchi sovuqxona bor edi, lekin jazirama issiqda otam ta’biri bilan aytganda, “jon saqlovchi xona” edi. Kichkina oshxona otamning xonalari bo‘lib, xontaxta atrofiga ko‘rpacha to‘shalgan. Xontaxta usti qalin-qalin kitoblarga to‘la bo‘lar, chetdan qarab qolsam, bu kitobu qog‘ozlar qurshovida o‘tirib og‘ir o‘yga cho‘mib qolgan bo‘lardilar. Bir odatlari bor edi: biror narsani yozyaptilarmi yoki o‘qiyaptilarmi, to uni o‘zlari yopmagunlaricha o‘shanday holatda stol ustida ochiq turishi kerak edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, stollarining usti yoyilib turardi. Devorda esa Sulhida opaning qizlari Sevara “Bizning oila” deb yozib qo‘ygan rasm osib qo‘yilgandi”. Sulhidaning birinchi turmushidan bo‘lgan ikki farzandini Rauf Parfi o‘z bolalari kabi bag‘riga olgan. O‘shanda Rauf aka o‘n besh ming nvfaqa puli olardi. Bu nafaqa pulini albatta oilasi bilan birga baham ko‘rardi. Sulhidaning otasi boshqa Sevara qizini Rauf Parfi bilan birga tushilgan suratni “Bizning oila” degan yozuv bilan devorga ilib qo‘yishi ham uning Rauf Parfiga nisbatan mehrini ifodalaydi.
Rauf Parfining vafotidan keyin unga tegishli bu xonadon albatta Sulhida Parpiyevaning ixtiyoriga o‘tdi. Faqat Rauf Parfiga xos yana bir oliy himmatlilik!

Kafasdagi kush
Ola xurjun buyinga tushgach, Rauf aka uzini xuddi kafasdagi kushday xis kiladi. Ruzgor tashvishlari, oila oldidagi burch, mas’uliyat uning uchun mutlako begona tushunchalar edi. Kechirish, xazm kilish kiyin bulgan bunday kamchiliklarini uning uzi ham yaxshi bilar, ammo darvesh fe’lini uzgartirolmas, boshkacha odam bulolmas, bunga intilmas xam edi. Shoirning insoniy kusurlari xam guyo uziga yarashgandek, undagi fazilatlarning davomidek tuyular, bunga xamma kunikkandek, xamma kechirgandek edi guyo…
Bernar Dadye shunday degan: “Ba’zi bir insoniy kusurlarda nakadar katta ulugvorlik bor”. Kunlardan bir kun Rauf aka zerikib, sikilib utirgan edi, uyiga Safar Barnoyev, Zoxir A’lam, Mirpulat Mirzo va yana boshka dustlari yuklab kelishadi. Shoir xursand bulib ketadi. Dustlarini kurganda xamisha yayrardi. Gurunglashib, chakchaklashib utirishadi. Shoirning fe’lini bilgan dustlar “kurollanib” kelishgandi. Ulfatchilik kizigandan-kiziydi. Bir max,al dustlar ketishga choglanishayotganda shoir oshxona tomonga bir karab kuygach, nogox shivirlab iltimos kiladi:
— Meni bir amallab bu yer dan olib ketinglar! Rosa siqilganman! Uzi shoir odamga xotin, bola-chaka ortikcha, keraksiz narsalar ekan! Jon dustlarim, sizlar bilan ketvolay!
Dustlar uy bekasiga Rauf akaning zarur bir uchrashuvga taklif etilganini aytib, arang ruxsat olishadi. Ular ostonadan endi yulakka utishganda shoirning xotini jerkibrok surab koladi:
— Rauf aka! Qachon kelasiz endi?
Shunda shoir uylab ham utirmay shartta javob kiladi:
— Kafasdan kutulgan kush kaytib kelurmi?!.

Bu hangomani bejiz keltirmadim. Ayrimlar qo‘yib bersa Rauf Parfini xotinbozlikda ayblashdan ham toymaydi. Bilmadim, Rauf akaning qanday kuchli jozibasi bo‘lgan – uning atrofida qizu juvonlar ham parvona bo‘lardi. Rauf akaga shaydo bo‘lgan juvonlardan biri uning fe’lini yaxshi bilgani uchun qo‘ldan chiqarmaslik maqsadida uyida hatto deyarli qamab olib o‘tiradi. Binobatin, yuqoridagi hangoma hayotiy haqiqat.
Umrining oxirida birga yashagan Sulhida Xonimga ham Rauf Parfi o‘z tashabbusi bilan uylanmagan. Bu borada asosiy tashabbuskor Sulhida Xonim bo‘lgan. Sulhidanin suykalishlaridan bezor Rauf Parfi undan qutilish maqsadida hatto bir muddat Do‘rmonga ham bosh olib ketdi. Biroq, yanglishmasam, ahdida qat’iy Sulhida uni ovloq Do‘rmondan, yozuvchilarning ijod uyidan ham topib oldi.

Rauf Parfi 1978 yildan 1993 yilgacha Dilorom Ishoqova bilan yashagan. Dilorom opalan Rauf akaning ikki qizi – Munojot va Sevinch bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting