HANGOMA

Ozodlikning oxirgi kuni Rauf Parfi 60-yillarning oxirida uylanadigan bo‘ladi. Tuy Yangiyul tumanidagi shoir tug‘ilgan qishloq — Shuralisoyda utishi belgilanadi. Shoirning besh-olti nafar yaqin do‘stlari — Umurzoq Uljaboyev, Abduxalil Qoraboyev, Tulkin Yuldoshev, Zohir A’lam, Razzoq Abdurashidlar so‘rab-surishtirib to‘yxonani topib borishadi. Shoirning uyi juda chukur okadigan soydan 100-200 metr balandlikda edi.

O‘sha uydan soyning 400-500 metrgacha joyi yaqqol ko‘rinib turar, u yerda kimdir maza kilib cho‘milayotgan edi. Kun issik bo‘lgani uchun mehmonlar cho‘milayotgan odamga xavaslanib qarashadi. Shunda kimdir “Cho‘milayotgan Rauf bo‘lishi kerak” deydi. Bu gapga mehmonlar ishonqirashmaydi. Chunki to‘y boshlanishiga sano       qli fursat qolgandi. Mehmonlar to‘yxonaga kirib borishadi. Stollarga nozu ne’matlar qo‘yilgan, xamma narsa tantanaga tayyor, faqat kuyovbola ko‘rinmasdi. So‘raganlarga “Hozir kelib qoladi” deyishardi.

Oradan yarim soatlar chamasi vaqt o‘tgach, sochlari ho‘l, kiyimlari namchil Rauf Parfi kulimsirab kirib keladi. Uning istiqboliga shoshib chiqqan do‘stlari hayron bo‘lib so‘rashadi: — Shu bugun, shu soatda cho‘milishing shartmidi?

— Axir bugun ozodlikning oxirgi kuni-ku, og‘aynilar! — deydi shoir jilmayib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting