- SHAMOLGA OSILIB YASHADIM,
Mingga kirdim, chiridi jismim,
Soʻngaklarim oqardi qaqshab.
- Dunyosiga qoʻydim qoʻlimni,
Oyogʻimni bosdim yuziga.
Koʻzlarimni yumdi bu dunyo.
- Qorlarga koʻmildi bogʻlarim,
Togʻlarga choʻkdi osmon,
Sen yoʻqsan. Sen yoʻqsan. Sen yoʻqsan.
- Balki men Majnunman,
Balki Sen – Laylo,
Balki men mahkumman, balki sen jallod.
- MANA ZAHAR, HOZIR ICHAMAN,
Ketaman men sizning hayotingizdan,
Sevaman, deb sizni aldadim.
2.Men yigʻladim tushimda,
Toʻyib-toʻyib yigʻladim,
Yoningizga endi bormayman.
3.Men gʻolibmun buyuk lashkarman,
Bosib oldim sevgi yurtini,
Oʻzimning qalbimni oʻchirdim.
- May ber menga, achchiq sharob ber.
Doʻsti gʻarib, xush qol bu kecha.
Yulduzlarga seni topshirdim.
5.Yulduzlarning rahmi keladi,
Oy moʻltirab qaraydi menga,
Yularimni silaydi yogʻoch.
1.SOCHIMNI YULADI IZGʻIRIN,
Qorlar pichirlaydi boshimda,
Koʻzimga sanchilur ismingiz.
- Ichimdan dunyolar kechdi,
Ichimda titraydi zaminlar.
Oylar kuydi Porladi Quyosh.
- Baxtsiz shahar yupun uxlaydi,
Changlar yutib uxlar boyaqish,
Kir-chir, sochlari toʻzgʻigan bola.
- Soʻz meni taqib qilar,
Chirqiratar oʻyib koʻksimni,
Ashaddiy Soʻz, shafqatsiz Soʻz.
- Xayr, qoʻllarini silkitar bulut,
Miyigʻida kulib qoʻyar oy,
Shivirlar Ilash Toʻychi degan shoir.
- MEN SIZNI SEVAMAN ALLOH KECHIRSIN,
Men sizni sevib oʻlganman.
Kechiringiz oʻlgan odamni.
- Men suvman, hali hech kim ichmagan,
Kuygan kitobman men,
Hali hech kim oʻqimagan.
- Ishonch yoʻq hech kimga. Bu qanday Dunyo,
Yashab yasholmaysan, bu qiziq,
Tashlab tashlamaysan, undan qiziqroq.
- Uyquning daryosida choʻmildim,
Yotaman uyquning sahrosida,
Men qanday bolaman, baloman.
- Yillar koʻzimga sachradi,
Jigrimga oʻt qoʻydi otlar,
Kunlarimni sanadim sensiz.