Qoya

(M. Lermentovdan)

Oltinsimon bulutlar tunar

Yuksak qoya ko‘ksida bir dam.

Lojuvard ko‘k uzra shod-xurram,

Tag‘in sahar  yo‘lga urinar.

Qari qoya ustida lekin,

Ajinlarda qolar nam izi,

Tanho xayol surarkan o‘zi,

U yig‘laydi sahroda sekin.

 

AZOBLARDA YONIB  VA MISKIN

( F. I. Tyutchevdan)

Talpinadi qalbim sen tomon.

Xotiralar kechasida tin,

Nigohingni qo‘msayman hamon.

Unutilmas muloyim obraz,

Men-la birga har zum yonimda,

Lekin tole muyassar emas —

Yulduzlarga tun osmonida…

12.03.1959.

ISHONMAGIL  SHOIRGA HЕCH HAM,

( F.I. Tyutchevdan)

 

Dargohingga  chaqirma,  go‘zal.

Shoirona muhabbatidan

Qo‘rq,  yurakdan emasdir  so‘zlar.

Sira maftun etmaydi uni

Latofatli yoshgina qalbing;

Yashirmaysan ishq alangasini

Va qizlarga munosib mayling…

 

ISTAK

(N.  P.  Ogarevdan)

Tiniq lablar,  yorqin  ko‘zlaring

Qarshisida bir bor olsam dam;

Sen  —  toleim,  yosh  sohibjamol,

Sen  yashaysan  istak,  hissimda.

Qish kechasi olis buncha ham,

Istar edim Sen  bilan yakka

Suhbatlashsam jim-jit xonada,

Neki oshno bo‘lsa yurakka.

Oppoq,  oppoq qo‘llaringni  man

Lablarimga  bossam,  mohitob,

Oppoq,  oppoq qo‘llaringni  man

Ko‘z yoshlar-la ho‘llasam shu tob.

13.03.1959.

YUKSAK TOG‘ TЕPALARI

(Gyotedan)

 

Uxlar qorong‘u tunda.

Sukutli vodiylari

Yorqin hislar-la bunda.

Changimaydi pastda yo‘l

Va yaproqlar titramas…

To‘xta,  to‘xta,  orom  ol,

Eh,  yo‘lovchi,  bir  nafas.

A.O.  SMIRNOVAGA

(M.Yu.  Lermontovdan )

So‘zlarim  ko‘p sizga va lekin,

Istaymanki tiyglayin faqat.

Siz qaraysiz jiddiy hamda tin,

Meni esa bosar xijolat.

Nima qilgum?.. Shirasiz nutq-la

Fikringizni etolmayman band…

Xo‘p kulgili tuyular edi,

Bo‘lmaganda shunday pinhon dard.

NOMA’LUM ASKAR  QABRI

(M. Isakovskiydan)

Qayga  borma,  qayerdan  qaytma,

Lekin bunda bir zum to‘xtagil

Va mo‘tabar qabr  boshida

Yurak muhabbati-la egil.

Kim  bo‘lsang ham:  baliqchi,  shaxtyor,

Balki olim yoki  bir cho‘pon  —

Mangu esla:  shu yerda yotar

Do‘sting  sening,  yaqin,  qadrdon.

Sen uchun va men uchun o‘rtoq

Dushmanlarni u majaqladi:

Ayamadi jangda o‘zini

Vatanini ammo saqladi.

2 Izohlar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting