Muallif: Ruxsora Imomova

Rauf Parfi she’riyatining asosiy mohiyati ramziy obrazlarida namoyon bo`ladi. Shoir tili va uslubida modernistik ohang yetakchilik qilib, har bir obraz  o`z ma`noviy yukiga ega. Rauf Parfi o`zbek adabiyotiga o`ziga xos badiiy tafakkurni olib kirgan ijodkorlardan biridir. Janr jihatdan yangilangan she’riyat ramziy obrazlarda ham yangi liboslar kiydi. Rauf Parfi badiiy tafakkuri she’riyatning fikriy qirralarini ochib berdi. Shoirning “Ona Turkiston” kitobiga kirgan Turkiston mavzusidagi she’rlariga e’tibor bersak, madfun Turkistonning sog`inchi bu qora dunyoga sig`masligi, Vatanning molparastlar qo`lida xor bo`lishi tiniq tasvirlarda ramziylashadi. Poetik uslubning murakkabligi o`qiguvchini o`yga toldiradi va har bitta obrazni tag zamirini anglashga majbur qiladi. “Ona Turkiston” she’rida sog`inch haqiqat tilini biyron qilganiga guvoh bo`lamiz:

Naqadar uzundir, og‘irdir bu yo‘l,

Dalalar yastanib yotar ko‘k kabi.

Tig‘lab xotiramni osmon – cheki yo‘q,

Tizginsiz bu shiddat kenglik asabi.

Bu uzun va og`ir yo`l mustaqillikkacha bo`lgan davr edi. Shu zamon ichida toki XX asr boshida amirlik va xonliklar tugatilgach Turkiston muxtoriyati paydo bo`ldi, uni chor Rossiyasi yo`qotishga muvaffaq bo`ldi. Har qanday ozodlik harakatlari birma-bir bostirila bordi. Ozodlik kurashchilari bosmachilar deya tamg`alandi. Bu ko`r xalqning o`zi-da na milliy qahramonining va na uni yorug`likka olib chiquvchi insonlarning farqiga bordi. Aslida, ilm-ma’rifatdan astoydil uzoqlashtirilgan omi xalqning ham bunda aybi yo`q. Ammo jadidlar davrida har bir xonadongacha kirib borayotgan bepul maktablar, teatrlar ham ularning ko`ini ochmadi. Och qorinning tashvishi oldida ilm ko`zga ko`rinmadi. Shuning uchun bu ozodlik yo`li yanada uzunlashib, yanda og`irlashib boraverdi. She’rda tasvirlangan osmonday kengliklar, dalalardagi cheksizliklar shoirga erk nafasini hadya etolmaydi. Aksincha, shu qadar kengliklarda nafassiz yashash asablarni tizginsizlashtirayotgandi. Ikkinchi bandda ham shoir shu kengliklarga ishora qiladi va uchinchi bandda o`ziga nima kerakligini oshkor qilib holatdan maqsadga o`tadi:

Tegramda zich havo – ona Turkiston,

O’rgay tomirimni ko‘r hayajonim.

Bu maydon ichinda men to‘kmagan qon,

Mening uni deya ayagan jonim.

Turkistonni zich havo obrazi bilan atashda qanday ma’no bor? Havoning zichligi fizik jihatdan ham qancha yuqori bo`lsa, undan nafas olish og`irlashib, bosim orta boshlaydi. Bosim kuchli bo`lgan havoda inson nafasi bo`g`iladi. Shu sababdan ham har qadabida haqiqy ma’nodagi bosimga uchrayotgan ozodlik tarafdorlari, ziyolilarning birma-bir har qanday bahonani ro`kach qilib yo`qotilishi – bir asrda ikki marotaba uyushtirilgan qatag`onlar erkin nafas olib yashab bo`lmaydigan Turkiston muhitini yuzaga keltirgandi. Rauf Parfi jadidlardan keying davrda uchinchi avlod adabiyot vakillari bilan ijod qilgan. bu davrga kelib ikkinchi qatag`on davri elliginchi yillar ham nihoyalangan edi. Ammo baribir xalqning uyg`onmasligi uchun bu nafassizlik muhiti ushlab turilgandi. Rauf Parfi so`zi bilan kurashgan shoir. Bir guruh erkparvar ijodkorlarning “Birlik” guruhi ham bo`lgan. ammo bu guruh ham hatto mustaqillikdan keyin ham zimdan olib boriladigan diktatorlikning qurboniga aylangan. Muhammad Solih, Dadaxon Hasanovlar xuddi shu tarkibda bo`lgan. “Mening uni deya ayagan jonim” deganda shoir qon to`kmaganiga, Vatan uchun qurbon bo`lmaganiga ishora qiladi, xolos. Aynan qon to`kiladigan zamonlarda yashamagani-da shoirga alam qiladi.

Yassaviy maqbari mung‘aymish mag‘rur.

Tovushga aylandi har bir g‘isht rangi.

«Dunyo mening deganlar…» Nido kelur.

«Karkas qushdek…» Qadim so‘zlar jaranggi.

«O’lg‘on da’vo qilganlar…» So‘zlar shoir.

«Oqni qaro deganlar…» Ayting, kimlar?!

Maqbara boshimga yiqilar hozir,

Yana tovush: «Harom yegan hokimlar…»

Yuqoridagi bandlarda Yassaviy so`zlari orqali shoir muhit tasvirini ochib beradi.

Yassaviy so`zlarini tilga olishda uning “Devoni hikmat” asaridagi parchalarga urg`u beriladi va Yassaviy haqidagi, masalan, “Oq it va qora it” rivoyatiga ishora qilinadi. Yassaviyning karomatlariga ham ishonmasdan da’vo qiluvchi soxta shayxlar ko`p bo`lgan. bu voqealarni Sadulla Siyoyevning “Ahmad Yassaviy” romanida ham uchratish mumkin.

Parchin-parchin bo‘ldi yodim simlari,

Simlar — ko‘zlarimga mil tortgan chizgu.

O‘tgan ulug‘larni eslayman barin,

Xotirot mozori — Turkiston mangu.

Yuqoridagi bandda “Simlar ko`zlarimga mil tortgan chizgu” deganda xotira torlarining bir-bir xayoldan o`tishi va bunday ayanchli tarixni, adolatsizlikni ko`rishni xohlamayotgan, ko`rishdan ich-ichi ezilayotgan shoirning ko`zlariga shu torlar –simlar mil tortuvchi chiziqqa aylanadi. bu “og`ir” yo`lda halok bo`lgan ulug`larning mangu “Xotirot mozori”ni Turkiston deb ataydi.

 

Shamol obrazi shoirning “Shamollar” mansurasida alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan shu she’rda tinch qo`ymas xayollar, notinchlik ramzi sifatida keladi:

Shamollar boshimda aylanur, daraxtlar tebranur shamollarda,daraxtlarning mevasi larzon, soyasi larzon. Xususan daraxtlar…  Dor: Yuvilgan kiyimlar osilsin, tomosho ko‘rsatsin dorbozlar. Cho‘yan-oshxonada qozon. Daryo: nur. Temir: avtomat barmoq, Qabriston: gulzordir. Boshimda aylanur shamollar. Boshimda odamlarning, vatanlarning shamollar shaklida hayqirgan ovozi.[1]

Qatorlarda shoir dor, cho`yan va temir obrazlari orqali yuz berayotgan voqea -hodisalarning qaysi davrga oidligiga ham ishora qiladi. Shoir dorga ziyolilar osilishini emas faqatgina kir yoyish, dorbozlar tomoshalari uchun foydalanilishini, cho`yan miltiqningning o`qi yoki qilichlar uchun emas, qozonlar uchun qo`llanishini qanchalar istashini bayon qiladi. Ammo bular millatning og`zini yopish uchun qurolga aylangandi. Qabriston obraziga gulzor ta’rifini berganda qancha jadidlarning, millat jonkuyarlarining shu yerga dafn etilganini, ular faqatgina qaro tuproqni ramziy ma’noda

[1] Rauf Parfi. Ona Turkiston. www.ziyouz.com –B.6

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting