Suvarak-insonning ichki inqirozi va izolyatsiya fojeasi
(Adabiy-tahliliy maqola)
Kurbonova Oysara Davronovna,
Yosh,iste`dodli ijodkor Ruxsora Imomovaning Suvarak hikoyasini o`qir ekanman,suvaraklar yashash muhitida yashab, ma`nan suvarakka aylangan qiz menga Frans Kafkaning Evrilishini,F.Dostoyevskiyning muzlikda ikki oyoq bilan emas,bir oyoqda turib bo`lsa ham yashash o`lib ketishdan afzal, deya hayqirayotgan qahramonini eslatadi. Ammo Suvarak qahramoni esa bakda Tasavvur qiling Qorongu,tor bak ichidasiz. Havo yo`q, yorug`lik yo`qFaqat mo`ylovlarini o`ynatib turgan bitta suvarak bor, xolos.U ham ko`zingizga qaramaydi. Demak,muloqot ham yo`q. Bu hikoya bir qarashda istamagan insoniga turmushga chiqib, barcha huquqlari poymol qilingan,mehrdan, g`amxo`rlik va parvarishdan mahrum ayol hayotini ham eslatadi. Insonni qiynagan savollar,jumboqlari, kopincha, eng oddiy kuzatuvlardan boshlanadi. Bazan ilmiy qiziqish, bazan bilishga chanqoqlik, ko`rganingizni qilib ko`rish insonni kutilmagan manzillarga-tasodiflarga yetaklaydi. Suvarak hikoyasi ham oddiy bir kuzatuvdan suvarakning havosiz joyda qancha yashashi haqidagi savoldan boshlanadi.
Ammo bu savol qizni mutlaqo boshqa olamga yetaklaydi, insoniylikning yemirilish jarayoni–ma`naviy his-tuyg`ularning yo`qolishiga olib keladi. Temir bak ichidagi tajriba asta-sekin ruhiy izolyatsiyaga, song esa halokatga aylanadi. Asar shaxsning jamiyatdan, tabiatdan va eng muhimi ozidan uzoqlashish fojeasini yorqin tasvirlaydi. Hikoyada ilmiy qiziqish ortidan ozini temir bak ichiga kirgizib qoygan qizning fojiali hayoti uning bak ichida yashab qolishi, vaqt otib farzandlar korishi bilan davom etadi. Ammo bu farzandlar tugma nuqsonli gapira olmaydi, fikr bildirolmaydi. Ularning butun borligi qorongu temir bak ichidagi instinktiv hayot.
Bak tasodifan teshilganda havo kiradi ammo ular uchun bu najot emas, balki olim boladi. Chunki ular ozodlikka tayyor emas edilar.
Bu voqea orqali muallif insonning ruhiy tanazzuli, izolyatsiya va manaviy olim jarayonini ramziy tasvirlaydi.Asar qahramonlari va ularning ramziy tasviriga e`tibor qaratadigan bo`lsak, qiz insonning ozi.Qahramonning ozini bak ichiga qamashi insonning oz qoli bilan ozini cheklashi, yolgizlikka ozini mahkum qilishidir. U ilm deb oylagan tajribasi aslida hayotdan uzilish, insoniylikdan uzoqlashishning boshlanishi boladi. Qizning suvaraklar hayotiga moslashib borishi manaviyatdan ajralgan insonning asta-sekin instinktsiz hayotga otib ketish jarayonidir.Suvarak tuban hayot timsoli.Suvarak faqat tiriklik uchungina yashaydigan mavjudot. Unda na manaviyat, na maqsad, na ruhiy yuksalish bor. Asar orqali muallif shuni eslatadi:
Agar inson ham faqat tirik qolish uchun yashasa, uning hayoti ham suvaraknikidan farq qilmay qoladi.
Farzandlar tafakkursiz,o`z mustaqil fikriga ega bo`lmagan avlod ramzi.Gapira olmaydigan, fikrlay olmaydigan farzandlar manaviy yuksalishdan uzilgan kelajak avlod timsolidir. Ular bakdan chiqa olmaydi, havo ularga yot. Demak, ular erkinlikka tayyor emas yillar davomida izolyatsiyaga moslashgan. Havo kirganda ularning halok bolishi haqiqatni kotara olmaydigan jamiyat obrazidir. Asarda kotarilgan muammo: izolyatsiya va ozlikni yoqotish. Asarning markazida insonning jamiyatdan va ozligidan ajralib qolish jarayoni turadi. Temir bak suniy hayot, yopiq makon, fikr va his-tuygulardan uzilgan jamiyat ramzi. Havo erkinlik, haqiqat, manaviy nafas. Suvarak esa ruhiy olimning belgisi.
Muallif ramzlar orqali shunday deb turgandek:
Har kimning oz baki bor. Va u bakdan chiqish uchun jurat kerak.
Inson ozini cheklashni bas qilmasa, havo yani erkin fikr, marifat, haqiqat unga yot bolib qoladi. Suvarak hikoyasi insonning ichki tanazzuliga nazar tashlashga undaydigan chuqur falsafiy asardir. U bizga shunday savol bilan murojaat qiladi: Biz qaysi bak ichida yashayapmiz? Bizni suvarakka aylantirayotgan odatlar qaysi? Va biz osha qopqoqni ochishga, tashqariga hayotga, havoga chiqishga tayyormizmi?
- Bu hikoya avvalo ozini anglash, manaviy uygonish, izolyatsiyadan chiqishga chorlaydi.








