“RAUF PARFI SHE’RIYATI BILIMDONI –2025” ADABIY TANLOVI NIZOMI

 

Oʻzbek adabiyotining buyuk shoiri Rauf Parfi Oʻzturk tavalludi munosabati bilan shu yilning 27-sentabr kuni “Rauf Parfi she’riyati bilimdoni” adabiy tanlovining 2025-yilgi navbatdagi soni tashkil qilinadi. Tanlov maqsadi: oʻzbek adabiyotini milliy va xalqaro miqyosda targʻib qilish va qoʻllab-quvatlash, yoshlarni Rauf Parfi adabiy me’rosi bilan tanishtirish.

Tanlov shartlari ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich: Rauf Parfi ijodi asosida yozilgan maqolalar.

Ushbu bosqichda har qanday mavzudagi maqolalar Rauf Parfi ijodi tahlili va talqini asosida boʻlishi lozim. Kelib tushgan arizalar ichidan oʻn ikki nafar ishtirokchining maqolasi saralab olinadi va keyingi bosqichga oʻtkaziladi.

2-bosqich: Bahrubayt. Saralab olingan oʻn ikki ishtirokchi Rauf Parfi she’rlari bilan bahrubayt qiladilar hamda uch nafar gʻolib ayni shu bellashuvda aniqlanadi.

Tanlovda kimlar ishtirok eta oladi?

☝️Ishtirokchilar kasbidan qat’iy nazar 16 yoshdan katta boʻlishi;

✌️Sahnada jonli tarzda ishtirok eta olishi(online ishtirok mavjud emas).

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

Birinchi oʻrin: Bookreader hamda kitoblar

Ikkinchi oʻrin: Bookreader hamda kitoblar

Uchinchi oʻrin: Besh yuz ming soʻm pul mukofoti hamda kitoblar

Bundan tashqari tanlovning ikkinchi bosqichiga yetib kelgan barcha ishtirokchilarga homiylarimiz tomonidan kitoblar sovgʻa qilinadi.

Bundan tashqari, QOʻSHIMCHA RAVISHDA:

“Eng ifodali oʻqilgan she’r” nominatsiyasi uchun

200 MING SOʻM beriladi. İfodali oʻqilgan she’r bahrubayt davomida hakamlar tomonidan tanlab olinadi. Shuning uchun har bir ishtirokchi she’rlarni e’tibor bilan ijro qilishi lozim. “Eng ifodali oʻqilgan she’r” nominatsiyasi uchun ijro qilingan she’r kamida 4 banddan iborat boʻlishi lozim.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun:

“RAUF PARFI SHE’RIYATI BILIMDONI –2025” tanlovi uchun sarlavhasi ostida toʻliq ism-sharifingiz, oʻqish yoki ish joyingiz, yoshingiz yozilgan arizalarni ruxsoraimomova9@gmail.com yoki @Toshrux telegramm manziliga yuboring!

Tanlov manzili: t.me/tanqidvatalqin telegramm oʻzanida e’lon qilinadi.

Mezbon shahar: Buxoro

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting